26 jan 13:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Sterling ikki mashhur UFC jangchisi o'rtasidagi navbatdagi to'qnashuvni ko'rmoqchi ekanligini aytdi
UFC chemiponi Aljemeyn Sterling eng engil vazndagi ikki jangchi - Brendon Moreno va Devison Figeredo titul uchun to'rtinchi jangni ham tashkil qilishi kerek deb hisoblaydi.
"Figgi - Moreno jangida aniq g'olib yo'q edi deb o'ylayman. Ajoyib jang va ikkala jangchining mahorati. Umid qilamanki, Dana to'rtinchi jangni tashkillashtiradi, shunda ular bu ertakni tugatishlari va eng yaxshi jangchi kim ekanligini bilib olishlari mumkin.
Davogarlar jangni yakunlamasa, bunchalik ko'p ochko to'plamasliklari kerak", - deb yozdi Sterling tvitterdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, 23 yanvar tongida bo'lib o'tgan to'liq besh raundlik jangda ochkolar evaziga Figeredoning qo'li baland keldi. Moreno chempionlik kamaridan ayrildi. Har uch hakam ham bir ovozdan Figeredoning g'alabasini qayd etdi - 48:47.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar