10 okt 10:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Sterling Petr Yan va Umar Nurmagomedovni ehtimoliy raqiblari sifatida aytib o'tdi
Eng engil vaznda UFC chempioni Aljemeyn Sterling kelgusida ehtimoliy raqiblik qilishi mumkin bo'lgan jangchilar nomini aytdi.
Sterling navbatdagi jangini 22 oktyabr kuni Ti Jey Dillashouga qarshi o'tkazadi.
"Yan bilan jang haqida o'ylamayapman, umuman olganda u yana g'olib bo'lishni xohlashiga ishonchim komil. Bilaman, u bilan yana jang qilaman. U chempionlik darajasiga qaytganida qanchalik kuchli bo'lishini bilaman.
Xabibning amakivachchasi Umar ham ancha jiddiy jangchi. Divizionda bir qancha xavfli yigitlar bor, misol uchun Rikki Sayman, Adrian Yanez. Umuman olganda, top-15dagi har qanday jangchi men uchun ehtimoliy raqib", - dedi Sterling.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar