19 iyu 09:00
Yangiliklar
Boks/MMA
Sterling Xabibni hurmat qilishining sababini aytdi
Aljemeyn Sterling Xabib Nurmagomedov haqida fikr bildirdi.
"Bu o'yinda uzoqroqqa borsang, mag'lub bo'lasan. Seni nokautga uchratishadi, mag'lub etishadi. Men qiyin janglar yaqinlashayotganini, ketish vaqti kelganini tushunadigan darajada aqlli edim. SHuning uchun ham Xabibni hurmat qilaman.
Men Xabibga o'xshagan yigitlarni qadrlayman, chunki u har kuni jang oldidan, 29 xil kecha oldidan uyg'ongan va g'alabaga ruhan, jismonan tayyor bo'lgan. Bu juda qiyin", - deya Sterlingning so'zlarini keltiradi Sportskeeda nashri.
Eslatib o'tamiz, Aljemeyn Sterling so'nggi bor 10 aprel kuni Petr Yanga qarshi revansh jangini o'tkazgan edi.
Avvalroq, Sterling UFC'ga rahmat aytib, Petr Yanni "troll" qilgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar