10 iyu 17:35
Yangiliklar
Stivenson Lomachenkoni jangga chorladi
"Lomachenko ikkimiz bokschilik IQ'si yaxshi bo'lgan ajoyib jangchilarmiz. Bunga ishonaman. U ajoyib jangchi. Uning oyoq harakatlari yaxshi. Bu tashkil etilishi kerak bo'lgan jang.
Ukrainadagi vaziyat tufayli Lomachenkoning holati qandayligini bilmayman, biroq u bilan jang qilishimiz kerakligini his qilyapman.
Hozir biz boksdagi eng yaxshi texnikaga ega ikki jangchimiz. Texnika va tajriba jihatidan shunday darajada ekanimizni his qilyapman. SHunday ekan, bu qachondir tashkil etilishi kerak bo'lgan jang", - deya Stivensonning so'zlarini keltiradi Boxing Scene nashri.
Eslatib o'tamiz, SHakur so'nggi bor 1 may kuni, Oskar Valdezga qarshi jang qilgan edi.
Stivensonning navbatdagi jangi 24 sentyabr kuni, Robson Konseysanga qarshi bo'lib o'tishi kutilyapti.
Fikrlar