15 okt 11:44
Yangiliklar
Stol tennisi

Stol tennischi yigitlarimiz jamoaviy yo'nalishda Jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqdi
Bu haqda O'zbekiston MOQ axborot xizmati xabar bermoqda.
"Hindistonning Bxubanesvar shahrida stol tennisi bo'yicha jamoaviy yo'nalishda Osiyo chempionati o'tkazilayotgani haqida malum qilgan edik. Unda qatnashgan O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari o'z ishtiroklarini yakunladi.
Ahamiyatlisi, musobaqada 15-o'rinni egallagan yigitlarimiz kelasi yil Angliyaning London shahrida tashkil etiladigan jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Afsuski, qizlarimiz qayd etgan 16-natija dunyo birinchiligiga yo'l olish uchun etarli bo'lmadi", deya xabar bermoqda O'zbekiston MOQ axborot xizmati.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar