So’nggi yangiliklar

15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:15"Манчестер Юнайтед" тарихида илк бор ушбу ҳолатга тушиб қолди 0 12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0 12:11Ковингтон UFC жангчилари ва Zuffa боксчилари ўртасидаги мукофот фарқи учун Дана Уайтни танқид қилди 0 11:40Жаҳонгир Зокиров "Zuffa"даги жанги учун Ар-Риёдга етиб борди 0 11:09Ўзбекистон – Саудия Арабистони учрашуви учун чипталар нархи маълум бўлди 0 10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0 09:05А Серия. Етакчилар баҳсида "Интер"нинг қўли баланд келди + ВИДЕО 0

29 noy 18:58
Yangiliklar

Stol tennisi

Stol tennisi bo'yicha O'zbekiston chempionati start oldi

Teglar :  Stol tennisi
Poytaxtimizda stol tennisi va bo'yicha 1997 yilgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempionati va ilk bor para-stol tennisi bo'yicha O'zbekiston chempionati boshlandi.

O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, mamlakatimiz stol tennisi federaciyasi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur chempionatda 160 nafar sportchilar g'oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Bugun, 29 noyabr kuni, mamlakat birinchiligining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Unda Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov va boshqalar mamlakatimizda Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan yoshlar o'rtasida Olimpiya sport turlarini yanada ommalashtirish, jumladan stol tennisi bo'yicha mahoratli sportchilarni kamol topishlari uchun bir qator imkoniyatlar yaratilayotgani haqida to'xtalib o'tdi. SHuningdek, bugungi kunda stol tennisini imkoniyati cheklangan insonlar o'rtasida tatbiq etish va ularni professional sportchi bo'lib shakllanishlari uchun bir qator ishlar amalga oshirilayotgani, buning samarasida, kelgusida para stol tennisi bo'yicha Osiyo va jahon chempionalari hamda Paralimpiya o'yinlari sovrindorlari etishib chiqishi shubhasiz ekanini takidladi.

Tantanali ochilish marosimidan so'ng, musobaqa ishtirokchilari qizg'in bahslarga kirishdi.

- Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish uchun yurtimizda qulay imkoniyatlar yaratilmoqda, — deydi O'zbekiston stol tennisi federaciyasi raisi

Saida Mahmudova.- Ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlarimiz esa o'zlari uchun sevimli bo'lgan sport turlari bilan shug'ullanib, yuksak marralar sari olg'a bormoqda. Mazkur chempionatdan ko'zlangan asosiy maqsad, iqtidorli yosh tennischilarni saralab ularni terma jamoa safiga qo'shgan holda xalqaro musobaqalarga tayyorlashdir. Umid qilamizki, yosh tennischilarimiz kelgusida Osiyo va Olimpiya o'yinlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qiladi. Bu uchun ularda barcha imkoniyatlar bor.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing