So’nggi yangiliklar

15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:15"Манчестер Юнайтед" тарихида илк бор ушбу ҳолатга тушиб қолди 0 12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0 12:11Ковингтон UFC жангчилари ва Zuffa боксчилари ўртасидаги мукофот фарқи учун Дана Уайтни танқид қилди 0 11:40Жаҳонгир Зокиров "Zuffa"даги жанги учун Ар-Риёдга етиб борди 0 11:09Ўзбекистон – Саудия Арабистони учрашуви учун чипталар нархи маълум бўлди 0 10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0 09:05А Серия. Етакчилар баҳсида "Интер"нинг қўли баланд келди + ВИДЕО 0

08 apr 20:45
Yangiliklar

Stol tennisi

Stol tennisi. Urganchda O'zbekiston Kubogi musobaqasi yakunlandi

Teglar :  Stol tennisiUrganch
Xorazm viloyati markazida faoliyat yuritayotgan Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining sport bazasida stol tennisi bo'yicha ayollar va erkaklar o'rtasida O'zbekiston kubogi nihoyasiga etdi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining taqvim rejasiga ko'ra uyushtirilgan mazkur musobaqada mamlakatimizning 13 ta jamoasi ishtirok etdi.Ayollar o'rtasida Toshkent shahri jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. Toshkent viloyatining stol tennisi ustalari ikkinchi o'rinni egalladi. Xorazm va Andijon viloyati jamoalari uchinchi o'rin egasiga aylanishdi. Erkaklar bellashuvida Toshkent viloyati sportchilari Kubok sohibi bo'lishdi. Andijon viloyati terma jamoasi ikkinchi, Qoraqalpog'iston respublikasi va Toshkent shahri jamoalari uchinchi o'rinni band etishdi.

Jonibek Meyliev (Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari): - Deyarli bir hafta mobaynida mamlakatimizning eng sara stol tennisi ustalari Urganch shahrida bahs olib borishdi. Takidlash joizki, ushbu musobaqaga barcha jamoalar munosib tayyorgarlik ko'rib kelishganini namoyon etishdi. Quvonarlisi shundaki, ular orasidan ko'plab yosh iqtidor sohiblari kashf qilindi. Mubolag'a emas, kelajakda bu istedodli sportchilar orasidan vatanimiz shanini ulug'laydigan stol tennisi ustalari etishib chiqadi. Bunga ishonchimiz komil.


Musobaqaning g'olib va sovrindorlari tegishli darajadagi diplom, medal va sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Stol tennisi bo'yicha O'zbekiston kubogining namunali o'tkazilishida Xorazm viloyati hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi viloyat hududiy bo'linmasi, Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati, viloyat stol tennis federaciyasi hamjihatlikda ish yuritgani etiborga molikdir.

Ikrom XUDOYBERGANOV.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing