18 dek 12:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Striklend va Dyu Plessi o'rtasidagi janjal aybdori malum
UFC bosh direktori Dana Uayt Las-Vegasdagi UFC 296 musobaqasi paytida zalda mushtlashib ketgan SHon Striklend va Drikus Dyu Plessis o'rtasidagi voqea uchun aybni o'z zimmasiga oldi.
“Dyu Plessiga Striklend ortidagi o'rindiqdan joy berish uchun qanday ahmoq bo'lish kerak? Men sizga aytaman — bu ahmoq menman!, — dedi tashkilot rahbari UFC 296 yakunidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida o'zini ko'rsatib.
“Men har bir UFC kechasidagi o'rindiqlarni taqsimlayman, shunday ekan bu ahmoqlikni men qildim. Striklendning ortiga kimni qo'yishni bilmadim, biroq u Dyu Plessi bo'lmasligi kerak edi. Men qanday qilib bunday xatoga yo'l qo'yganimni bilmayman”, - dedi Dana.
Kim biladi, balki bu Dana tomonidan atayin qilingan ishdir.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar