28 dek 17:33
Yangiliklar
Karate
Sud ishlariga barham berildi. O'zbekiston karate WKF Milliy federaciyasi rahbarligiga saylov o'tkazildi
Hozirgina O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston karate WKF Milliy federaciyasining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda kun tartibidan o'rin olgan eng asosiy masala tashkilotga yangi prezident saylashdan iborat edi. Tadbirda federaciyaning barcha viloyat bo'limlari, terma jamoamiz azolari va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.
Yig'ilish davomida delegatlar bir ovozdan Alamjon Mullaevni federaciya prezidenti lavozimiga saylashdi. G'ayrat Isaev esa bosh kotib lavozimini egalladi. SHuningdek, federaciya vice-prezidentlari ham yangitdan saylandi.
Eslatib o'tamiz, bungacha federaciyaning sobiq rahbari Nurxon Nafasov va Alamjon Mullaev o'rtasida uzoq muddat sud jarayoni davom etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar