24 dek 17:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Sud Lobovning Makgregorga qarshi ikkinchi davosini rad etdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor o'zining sobiq do'sti Artem Lobovga qarshi sudning birinchi qismida g'alaba qozondi.
Malum bo'lishicha, Irlandiya Oliy sudi Lobovning ikkinchi davosini rad etdi, unda u Konor va uning otasini ijtimoiy tarmoqlarda haqorat qilishda ayblab, bu xabarlarni "kelishilgan hujum" deb atadi. Artem Makgregordan haqorat qilib yozgan postlarni o'chirib tashlashni talab qildi.
Malumot uchun, Makgregor Lobovni bir necha bor kalamush deb atagan. Sudya Garret Saymonning takidlashicha, kalamush haqoratli atamalardan biri. Lekin, tuhmatli so'z emas. SHuning uchun u Lobovning arizasini rad etdi.
Eslatib o'tamiz, Konor Makgregor Lobovga iltimos bilan murojaat qilgan edi.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar