14 sen 18:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Sud Saul Alvaresning shikoyatini qabul qilmadi. Nega?
O'rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Saul Alvaresning advokatlarining xatosi tufayli sud meksikalikning shikoyatini qabul qilmadi.
Gap shundaki, Saulning vakillari taqdim etgan hujjatda sudlashayotgan tomoning fuqaroligi noto'g'ri ko'rsatilgan. SHu sababli sudya Alvares arizasini qanoatlantirmagan. Endi 30 yoshli bokschining xatosini tuzatishiga ikki hafta vaqt bor. Agar shunda ham ular bu xatoni tuzata olmasa, sudda yutqazgan deb elon qilinadi.
Eslatib o'tamiz, Saul Alvares DAZN va Golden Boy promouter kompaniyalarini sudga bergan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar