29 iyu 08:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Superjang oldidan Spens va Krouford vazn meyorini bajardi
Toshkent vaqti bilan ertaga, 30 iyul kuni Las-Vegasda katta boks oqshomi tashkil etiladi.
Kechaning markaziy jangida yarimo'rta vazn toifasida WBA Super, WBC, IBF kamarlari sohibi Errol Spens WBO kamari egasi Terens Kroufordga qarshi jang qiladi.
Bahs mutlaq chempionlik uchun kechadi.
Bokschilar mazkur jang oldidan vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi. Unga ko'ra, Spens 66,68 kg, Krouford esa 66,59 kg tosh bosdi. SHu tariqa, bokschilar yarimo'rta vazn toifasi meyorini bajarishdi.
Eslatib o'tamiz, jang ertaga, 30 iyul kuni Toshkent vaqti bilan taxminan soat 8:50dan so'ng boshlanadi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar