So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

28 okt 10:54
Yangiliklar

Dzyudo

Surxondaryoda birinchilardan bo'lib Xalqaro dzyudo kuni nishonlandi + FOTOGALEREYA

Bugun 28 oktyabr - Xalqaro dzyudo kuni!

Dzyudo asoschisi Dzigoro Kano aynan shu sanada dunyoga kelgan. Har yili shu sanada Xalqaro dzyudo federaciyasiga azo 5 qitaning 200 ga yaqin mamlakati, shu jumladan O'zbekistonda ham o'ziga xos dzyudo bayrami keng tantana qilinadi. 

SHuningdek, har yili Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) tomonidan bu kunga o'ziga xos shior ham tanlanadi. Bu safar IJF WELLBEING shiorini tanladi. Bu o'zbek tilida "Farovonlik" manosini anglatadi.

Bugun butun dunyoda bo'lgani kabi yurtimizda ham Xalqaro dzyudo kuni keng nishonlanadi. Birinchilardan bo'lib ushbu dzyudo bayramini surxondaryolik dzyudochilar tantana qilishdi. Termiz shahrida tashkil etilgan tadbirda ananaga ko'ra bolalarga shirinliklar va albatta bayram torti ulashildi.

SHuningdek, shu kunning o'zida "Surxon Judo" klubi tashabbusi bilan Xalqaro dzyudo kuniga bag'ishlangan kichik yoshdagi dzyudochilar uchun musobaqa ham o'tkazildi. G'olib va sovrindorlarga medal, diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

Taqdirlash marosimida sportchilik faoliyatida jahon chempionatinin kumush medali sovrindori, ko'plab xalqaro musobaqalar g'olibi, Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi bo'lgan, hozirda Surxondaryo viloyati terma jamoasi murabbiyi sifatida ishlayotgan SHarofiddin Lutfullaev ham ishtirok etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing