22 mar 19:13
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Suvga sakrash bo'yicha MOQ sovrini uchun O'zbekiston chempionati bo'lib o'tmoqda
Kecha poytaxtimizdagi "Sahovat Sport servis" sport majmuasida suvga sakrash bo'yicha Milliy olimpiya qo'mitasi sovrini uchun musobaqa start oldi.
Mazkur musobaqa O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan bo'lib, u joriy yilning avgust oyida Jakarta (Indoneziya) shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlariga sportchilarni saralash vazifasini o'taydi.
Ushbu musobaqada Toshkent shahri, Andijon, Namangan, Jizax, Samarqand va Toshkent viloyatlaridan jami 98 nafar sportchi ishtirok etishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Indoneziyadagi Osiyo o'yinlarida suvga sakrash bo'yicha O'zbekiston jamoasi juftlik (mikst) dasturlarida qatnashishni rejalashtirilgan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar