27 dek 18:18
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Suzish va suv polosi bo'yicha “Ochiq eshiklar kuni”
O'zbekiston suv sporti turlari federaciyasi tomonidan o'tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirining ikkinchi kuni ham ortda qoldi.
Federaciya havzasida ushbu tadbirning suzish va suv polosiga bag'ishlangan ikkinchi qismi bo'lib o'tdi.
Tadbirda har ikki yo'nalishda terma jamoamizning etakchi sportchilari mehmonlar uchun o'z mahoratlarini namoyish qilishdi. SHubhasiz, bunda yosh suzuvchilar professional sportchilardan o'zlari uchun qimmatli maslahatlar olish bilan birga ular bilan esdalik uchun suratga tushib olish imkoniyatiga ham ega bo'lishdi.
Takidlash joiz, o'tkazilayotgan ushbu “Ochiq eshiklar kuni” dasturi yurtimizda ommaviy sport va sog'lom turmush targ'ibotini yanada kuchaytirish uchun xizmat qilmoqda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar