04 dek 09:30
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Suzuvchi Ilya Sibircev AQSH Ochiq chempionatida oltin medalga ega chiqdi
Kecha AQSHning Texas shtati, Ostin shahrida suzish bo'yicha 2025 yilgi AQSH Ochiq chempionati boshlandi.
To'rt kun davom etadigan mazkur musobaqaning ilk kunida erkaklar va ayollar o'rtasida 1500 m masofaga erkin usulda suzish dasturlari o'tkazildi.
Erkaklar o'rtasidagi bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasi azosi, Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Ilya Sibircev ham startga chiqdi. Ahamiyatlisi, 23 yashar sportchimiz marraga 15:05.51 soniyada etib kelib, musobaqa oltin medalini qo'lga kiritdi.
Mazkur dasturda jami 15 nafar atlet bahs olib bordi. Suzish bo'yicha AQSH Ochiq chempionati 6 dekabr kuni nihoyasiga etadi.


Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar