16 sen 14:13
Yangiliklar
Svetlana Osipova: "Medalimni ota-onamga bag'ishlayman!"
O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati sportchimiz bilan suhbatlashdi.
"Bilasizmi bu sportga kirib kelganimda birinchi eshitgan taekvondochim bu Milica Mandich edi. U 2012 yil Londonda o'tgan Olimpiadada oltin medaln qo'lga kiritgandi. Mandichga qarshi jang qilishni va tajribaga ega bo'lishni orzu qilardim. U bilan jang juda keskin o'tdi, shukurki uni mag'lub eta oldim.
Yarim finalda esa 2016 yilgi Olimpiada chempioni bilan to'qnash keldim. Xitoylik sportchining bo'yi mendan ancha baland bo'lgani uchun juda ham noqulay raqib edi. Unga yaqinlashish qiyin bo'ldi.
CHibada qo'lga kiritgan bronza medalimni ota-onamga bag'ishlayman. Keyingi musobaqalarda oltin medallarni qo'lga kiritish uchun bor kuchimni ishga solaman", - dedi Svetlana Osipova.
Fikrlar