So’nggi yangiliklar

08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган ўзбекистонлик спортчилар барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

02 sen 14:40
Yangiliklar

Taekvondo

Svetlana Osipova: "Taekvondoga kirib kelishim mutlaqo tasodifan sodir bo'lgan"

Teglar :  TaekvondoOsipova
Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarida kumush, Islom birdamlik o'yinlarida bronza, Osiyo o'yinlarida ham bronza medallarini qo'lga kiritgan Svetlana Osipova ayni kunlarda CHiba Gran-prisiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasi matbuot xizmati u bilan suhbatlashdi. 


- Taekvondoga kirib kelishingiz qanday sodir bo'lgani o'quvchilar uchun qiziq. 

- Men sportga tasodifan kelib qolganman. Yoshligimda katta tennisga borardim. Bir kuni mashg'ulotni tomosha qilib turganimda, bir kishi yonimga kelib o'zimni taekvondoda sinab ko'rishni maslahat berdi. Ammo bu taklifni jiddiy qabul qilganim yo'q. Malum muddatdan so'ng o'sha murabbiy yana keldi yana taklif qildi. SHunda uning oldida biroz noqulay bo'ldim hamda dadam bilan birga taekvondo mashg'ulotiga borishga qaror qildim. 


- Birinchi murabbiyingiz kim bo'lgan? 

- Birinchi murabbiyim Paxlavon Sobirov. Yuqoridagi murabbiy ham u edi. Aynan uning cho'rtkesarligi tufayli ham men taekvondo sport turiga kelganman. Bugungi kunda ham Paxlavon akaning qo'l ostida o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etayapman. 


- Nima uchun aynan taekvondo? 

- Birinchi bor mashg'ulotga borganimda taassurotlarim ulkan bo'lgan va xatto biroz qo'rqqanman ham. Axir boshga beriladigan zarbalar bu hazil narsa emas. Bundan tashqari o'g'il bolalar qizlar bilan birga mashg'ulot o'tkazishardi va xatto sparring ham tushishardi. Bu narsalar men uchun juda ham g'alati bo'lgandi. 


- Sportdagi eng oliy orzuingiz nima? 

- Istalgan sportchining orzusi kabi Olimpiada o'yinlarida g'olib bo'lish. Ammo u erga chiqish uchun bor kuchingizni ishga solish kerak, bazi zararli odatlardan qutulish lozim. Qatiy rejimga amal qilish hamda tartibga rioya qilish kerak. 


- Sportchilarda alohida taomnoma bo'ladi. Taekvondochilarga nimalar mumkin emas? 

- Ko'p hollarda mashg'ulot bazasida yashaymiz. Bu erda bizga tayyorlab berilgan ovqatlarni eymiz. Bazilar og'irligini bir meyorda ushlab turish uchun dieta tutishadi. Ammo hamma emas. Sportchilarga fastfudlar, gazlangan ichimliklar va boshqa zararli ovqatlar mumkin emas, ammo bazida ularni eyishni juda ham xohlayman (kuladi). 



- Taekvondodan tashqari yana qaysi sport turlariga qiziqasiz? 

- Yuqorida aytganimdek taekvondoga qadar katta tennis bilan shug'ullanganman. Undan oldin esa gimnastikaga va dzyudoga borganman. Barcha sport turlari o'ziga yarasha qiziq va jozibador. Asosiysi o'zingizga yoqadigan ish bilan shug'ullanish. 


- Hozirga qadar yurtimiz taekvondochilari Olimpiada o'yinlarida medal qo'lga kirita olishmagan. Nima deb o'ylaysiz ushbu bo'shliqni yopish vaqti kelmadimi? 

- O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasi rahbariyati va taekvondo terma jamoasi ushbu natijaga erishish uchun bor kuchi bilan mehnat qilmoqda. 


- Endi sportga yoki taekvondoga kirib kelayotgan yoshlarga qanday maslahat berasiz?

- Agar nimadir o'xshamasa ruhan tushmaslik va ko'proq ishlashda, harakat qilishda davom etish lozim.


O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing