23 apr 13:48
Yangiliklar
Svetlana Osipova: "Toshkentda o'tadigan xalqaro yig'in albatta foydali bo'ladi"
Jarohatini davolab, mashg'ulotlarga qo'shilgan Svetlana Osipova o'z fikrlarini bildirdi.
"Ayni paytda O'zbekiston taekvondo associaciyasiga qarashli bazada yig'in o'tkazayapmiz. 26 aprel kuni Xitoy Taypei, Vetnam, Qatar va Qozog'iston terma jamoasi azolari ham Toshkentdagi yig'inimizga qo'shilishadi. Ular bilan o'tadigan qo'shma yig'inimiz bizga foydali bo'lishi aniq. Sababi chet ellik sportchilar bilan sparringlar orqali ko'proq tajriba to'playmiz hamda bo'lajak ikkita muhim musobaqa, may oyida Iordaniyada o'tadigan Tokio-2020 licenzion turniri va iyun oyida Livanda bo'ladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'ramiz", - deydi Svetlana Osipova.
O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar