03 may 10:27
Yangiliklar
Taekvondo
Svetlana Osipovani tabriklaymiz!
Bugun taekvondo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakili Svetlana Osipova o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Svetlana Osipova 2000 yil 3 may kuni Toshkent viloyati CHirchiq shahrida tavallud topgan. Osipova yosh bo'lsa ham taekvondoda eng yuqori vazn toifasida (+73 kg) qator muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda.
Jumladan, 2017 yil Jang sanati va yopiq inshootdagi Osiyo o'yinlari, Islom birdamlik o'yinlari sovrindori bo'ldi. 2018 yil esa Osiyo o'yinlari bronza medali sohibasi. Osipova 2019 yil Yaponiyaning CHiba shahrida o'tkazilgan Gran-prining ham shohsupasiga ko'tarilishga muvaffaq bo'lgan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar