13 apr 20:52
Yangiliklar
Svitolina deyarli ikki yillik tanaffusdan so'ng g'alaba qozondi
Ukrainalik tennis malikasi Elina Svitolina ushbu turnirda imtiyozli yo'llanma asosida o'z omadini sinab ko'ryapti. Elina ilk davrada WTA reytingida 160-pog'onada borayotgan ruminiyalik Elena Gabriela Ruzni 6/4, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Malumot uchun, Kyasso turnirida mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova ham ishtirok etyapti. O'tgan yilning oktyabr oyida 28 yoshli Svitolina onalik baxtiga muyassar bo'lgan edi. Elina va Gael Monfis oilasida qiz farzand dunyoga kelgandi. Yangi mehmonga Skay (osmon) deb nom ism berishgan edi.
Bu Svitolina uchun ikkinchi turnir hisoblanadi. Mart oyida CHarlstonda o'tgan WTA 500 turnirida Elina dunyoning 47-raketkasi, qozog'istonlik Yuliya Putincevaga 7/6(3), 2/6, 4/6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Demak, Kyassoda u ilk g'alabasini tantana qildi.
Fikrlar