04 apr 18:25
Yangiliklar
Svitolina deyarli ikki yillik tanaffusdan so'ng katta tennisga qaytdi
Etiborlisi, dunyoning sobiq uchinchi raketkasi Elina Svitolina katta tanaffusdan so'ng yana kortga qaytdi. Ukrainalik 2022 yilning mart oyida onalik baxtiga muyassar bo'lgan edi. Ayni paytda u WTA reytingiga ega emas.
Turnir tashkilotchilari unga imtiyozli yo'llanma taqdim etishdi. Svitolina dunyoning 47-raketkasi, qozog'istonlik Yuliya Putincevaga qarshi kechgan uchrashuvda 7/6(3), 2/6, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Ikki soatu 48 daqiqa davom etgan bahsda Svitolina 5, Putinceva 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida esa hamon Elina oldinda bormoqda - 6:3. Endi Putinceva ikkinchi davrada rossiyalik Ekaterina Aleksandrovaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar