28 may 10:31
Yangiliklar
Svitolina ona bo'lganidan keyingi ilk sovrinini Strasburgda qo'lga kiritdi
Ukrainalik tennis malikasi ona bo'lganidan keyingi ilk sovrinini aynan Franciyadagi turnirda qo'lga kiritdi. WTA reytingida 508-pog'onada borayotgan Svitolina hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 66-raketkasi, rossiyalik Anna Blinkovani 6/2, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Bir soatu 33 daqiqa davom etgan final bahsida Elina 3 ta qo'shxatoga yo'l qo'yib, 1 ta eys va 7 ta breykka erishdi.
Bu Svitolina uchun faoliyatidagi 17-sovrin bo'ldi. O'tgan yili ona bo'lgan Elina shu yil mart oyida yana katta tennisga qaytgan edi. Strasburgdagi muvaffaqiyatli ishtirok unga 280 reyting ochko va 29,760 evro mukofot puli keltirdi. U yangilangan reytingda Top-200 talikda bo'ladi. Blinkova esa 180 ochko va 17,590 evroga ega bo'ldi.
Fikrlar