So’nggi yangiliklar

18:53"Бу уларга таъсир қиларди". Хабиб жанг пайтида рақиблари билан тез-тез гаплашиб турганини тушунтирди 0 18:10"Ҳазиллашмаяпман". Стрикленд Трамп ва Гитлер ўртасида ўхшашликни кўрсатди 0 17:35"Реал" ёзда Александр-Арнольдни сотиш ниятида эмас 0 16:59Хабиб нима учун Макгрегорни ҳеч қачон ҳақорат қилмаганини тушунтирди 0 16:14Икки вазнда собиқ UFC чемпиони промоушендаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:33Усик фаолиятидаги сўнгги жанг ҳақида: "Бизда иккита вариант бор" 0 14:57"Манчестер Юнайтед" дарвозабони бошқа клубга ўтди 0 14:16"У билан ҳаммаси тамом бўлган". Оверим Макгрегор ҳақида 0 13:40Алматидаги катта масштабдаги халқаро ўқув-машғулот йиғини давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:58Жавоҳир Синдаров: "Мен Гукешнинг энг кучли версиясига тайёрланяпман" 0 12:33УЕФА жазмани билан боғлиқ жанжал сабаб Инфантинонинг фаолиятини текширмоқчи 0 12:31Али Абдель-Азиз АҚШ Президенти яхши кўрадиган икки жангчини айтди. Улар орасида россиялик ҳам бор! 0 11:59Оғир атлетика бўйича Осиё чемпионатининг иккинчи кунги баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 11:26"Барселона" Араухонинг ўрнига ўринбосар топди 0 10:55Уайт Макгрегорнинг Дублиндаги ресторанига ташриф буюрди 0

12 okt 12:38
Yangiliklar

Taekvondo

Taekvondo bo'yicha Jahon chempionati sovrindorlari taqdirlandi

Teglar :  Taekvondo
Yurtimizda taekvondo yildan-yilga rivojlanib bormoqda.

Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo o'yinlari hamda jahon chempionatlarida yuksak natijalarga erishgan, nufuzli xalqaro sport musobaqalarida Vatanimiz bayrog'ini baland ko'tarib kelayotgan sportchilar va ularning trenerlarini rag'batlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ularning boy hayotiy tajribasi va salohiyatidan keng foydalanish, xalqaro sport aloqalarini yanada mustahkamlash, jahonda O'zbekistonning obro'sini yanada yuksaltirish maqsadida shu yilning 10 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga  erishgan O'zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag'batlantirish to'g'risida”gi qarori imzolangan edi. Unga ko'ra, nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O'zbekiston sportchilarini pul mukofotlari bilan rag'batlantirish belgilab qo'yilgan.

12 oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi davlat sport qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov sport jamoatchiligi faollari huzurida taekvondo bo'yicha jahon chempionatida sovrinli o'rinlarni egallagan Nikita Rafalovich va Dinoraxon Mamadibragimovani yuksak natijalar bilan tabriklab, ularga zarbop to'nlar kiygizdi hamda pul mukofotlari sertifikatlarini topshirdi.



Taekvondo bo'yicha 23-jahon  chempionati joriy yilning 24-30 iyun kunlari Janubiy Koreyaning Mudju shahrida o'tkazilgan va turnirda 176 mamlakat vakillari 16 komplekt medallar shodasi uchun bahs olib borishgan edi.

Nikita Rafalovich 74 kilogrammgacha vazn toifasida muvaffaqiyatli qatnashib, finalgacha etib borgan. Ammo hal qiluvchi bahsda rossiyalik Evropa chempioni Maksim Xramcovga imkoniyatni boy bergandi. O'z navbatida, endi sobiq jahon chempioniga aylangan eronlik Masud Xoji Zavarex va qozog'istonlik Qayrat Sarimsaqov kabi kuchli raqiblar ortda qolgani etiborga loyiq. Darvoqe, CHelyabinskda o'tgan avvalgi jahon chempionatida ham Nikita vice-chempion unvoniga sazovor bo'lgandi.

- Bizga bildirilgan ishonchni oqlaganimizdan xursandman. Bu – sport, va unda doim ham oltin medalni qo'lga kiritish osonmas. Jahon chempionatida finalgacha ko'plab juda kuchli raqiblar bilan o'tgan bahslar nafaqat jismoniy jihatdan toliqtiradi, balki ehtiroslarni ham talab qiladi. SHuning uchun finalda g'alaba qozona olmadim, shekilli. Bizga ko'rsatilayotgan etibordan  behad mamnunmiz. Kelgusi musobaqalarda ham muvaffaqiyatli qatnashib, muxlislarimizni quvontirishga harakat qilaman, - dedi Nikita Rafalovich.

Ayollar o'rtasida 53 kilogrammgacha vazn toifasida Mudjudagi shohsupaning uchinchi pog'onasiga hamyurtimiz Dinoraxon Mamadibragimova ko'tarildi va bronza medali bilan taqdirlandi.

- Bizning sport arenalaridagi muvaffaqiyatlarimiz bunchalik yuksak qadrlanishidan ko'nglimiz faxr-iftixor tuyg'ulariga to'ladi. Musobaqalarga tayyorgarlik ko'rishimiz uchun bizga barcha shart-sharoit muhayyo qilingan. Davlatimiz rahbariyati tomonidan ko'rsatilayotgan etibor va g'amxo'rlik bizni yanada yaxshiroq natijalarni qo'lga kiritishga undaydi. Kelgusi musobaqalarda ham munosib qatnashishga harakat qilamiz. Ayniqsa, 2018 yilgi Osiyo o'yinlari shohsupasiga ko'tarilishni juda xohlayman, - dedi Dinoraxon Mamadibragimova.

Dekabrda Gran-pri musobaqalarining finali sayyoramizning eng kuchli taekvondochilarini to'playdi. Biz ushbu startlarda ham o'zbekistonlik sportchilarga omad yor bo'lishini tilaymiz.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing