04 iyu 10:10
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo bo'yicha “Olimpiya cho'qqilari” g'oliblari aniqlandi
30-31 may kunlari Buxoro shahridagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida taekvondo WTF bo'yicha “Olimpiya cho'qqilari” O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.
CHempionatda mamlakatimizdagi 15 ta ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida talim olayotgan 124 nafar taekvondo ustalari 10 ta -45 kg, -48 kg, -51 kg, -55 kg, -59 kg, -63 kg, -68 kg, -73 kg, -78 kg, +78 kg) vazn toifalarida bahslarga kirishdi.
Ushbu musobaqada birinchi o'rinni 119 ball yig'gan mezbon o'quvchilar qo'lga kiritgan bo'lsa, ikkinchi o'rinni bir xil natija (107 ball) qayd etgan RIOZMI hamda Farg'ona IOZMI tarbiyalanuvchilari egallashdi. Uchinchi o'rin esa Jizzax IOZMI (104 ball) jamoasiga nasib etdi
Musobaqada g'olib bo'lgan yoshlar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan medal, diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar