19 sen 17:17
Yangiliklar
Taekvondo
![](/upload/storage/19388_220.jpg)
Taekvondo. Dinora Mamadibragimova Osiyo o'yinlarida bronza medalini qo'lga kiritdi
Ashxobodda bo'lib o'tayotgan Osiyo o'yinlarida taekvondochimiz Dinora Mamadibragimova sovrindorlar orasidan joy oldi.
Sportchimiz ilk jangida vetnamlik Ti Nxo Truongni 16:9 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Ikkinchi bosqichda esa eronlik Nahid Kiyanichandeh 10:9 hisobida taslim etildi. Yarim finalda esa u janubiy koreyalik raqibi Xa Yung Vuga 3:15 hisobida mag'lubiyatga uchradi va yakunda bronza medali bilan kifoyalanishga majbur bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar