12 mar 08:26
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo. Eyndxovendagi turnirda 8ta medal qo'lga kiritildi
Eyndxoven shahrida taekvondoning olimpiya sport turlari oilasiga mansub yo'nalishi bo'yicha Gollandiya Ochiq chempionati bo'lib o'tdi.
Musobaqa yoshlar va kattalar o'rtasidagi tashkil etildi. Gollandiya Ochiq chempionatida O'zbekiston terma jamoasining 18 nafar azosi ham yurtimiz sport sharafini himoya qildi. Ulardan 8 nafari g'olib va sovrindorlar safidan joy oldi.
Yosh taekvondochilarimizdan Madina Mannopova, Jasur Jaysunov va Ulug'bek Rashidov oltin medalni qo'lga kiritdi. Ozoda Sobirjonova, Bekzod Ibragimov va SHahzod Jo'raev kumush medalga sazovor bo'ldi.
Kattalar o'rtasida jahon chempioni Dmitriy SHokin bu safar finalga qadar mag'lubiyatsiz etib borib, kumush medal bilan taqdirlandi. Bahrom Abdullaev esa bronza medaliga loyiq ko'rildi. Terma jamoamiz delegaciyasi ertaga tongda yurtimizga qaytib keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar