11 mar 12:18
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo. Eyndxovendagi turnirning ilk kuni 6ta medal qo'lga kiritildi
Gollandiyaning Eyndxoven shahrida taekvondoning olimpiya sport turlari oilasiga mansub WT yo'nalishi bo'yicha Gollandiya Ochiq chempionati bo'lib o'tmoqda.
Musobaqa o'smirlar va kattalar o'rtasidagi tashkil etilyapti. Gollandiya Ochiq chempionatida O'zbekiston terma jamoasining 18 nafar azosi ham yurtimiz sport sharafini himoya qilmoqda.
Dastlabki kun natijalariga ko'ra, taekvondochilarimiz jami 6ta medalni qo'lga kiritishdi. O'smirlarimizdan Madina Mannopova, Jasur Jaysunov va Ulug'bek Rashidov oltin, Ozoda Sobirjonova, Bekzod Ibragimov hamda SHahzod Jo'raevlar kumush medalga sazovor bo'lishdi.
Bugun o'smirlarimizdan Feruza Sodiqova va Jasurbek Zokirov, kattalar terma jamoamizdan esa Dmitriy SHokin, SHahboz SHofayziev, Umida Abdullaeva, Dinora Mamadibragimova, Temurbek O'rolov hamda Bahrom Abdullaevlar dayanga chiqishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar