30 avg 18:31
Yangiliklar
Taekvondo ITF. Sportchilarimiz jahon chempionatida shoxsupaga ko'tarilishda davom etishyapti FOTOGALEREYA
Dunyoning 96 davlatidan 2640 nafar qatnashchi dayanga chiqayotgan yilning ushbu nufuzli musobaqasida O'zbekiston terma jamoasi sportchilari ham qatnashishyapti. Ayni daqiqalarda jahon chempionatining so'nggi kuni olti nafar taekvondochimiz 50 ta davlat sportchilari qatnashadigan jamoaviy sparring bahslarida o'z mahoratlarini namoyish etishmoqda.
Undan avvalroq esa uch nafar sportchimiz jahon chempionatining sovrindorlari safidan joy olishdi. 18-39 yoshilar bahsida dayanga chiqqan yurtdoshimiz SHoxruh Otajonov 64 kg vazn toifasida finalga qadar etib borib, kumush medal sohibiga aylandi.
Xuddi shu yosh toifasining 52 kg vaznli sportchilar musobaqasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Valijon Xudoyberdiev hamda 85 kg vazn toifasida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazgan Behruz Saidov bronza medalini qo'lga kiritdi.
Malumot uchun, taekvondo bo'yicha jahon chempionati bugun yakunlanadi. Laziz Hasanov va Abdulhakim SHaubaev boshchiligidagi O'zbekiston taekvondo ITF Milliy Associaciyasi sportchilari 1 sentyabr kuni Toshkentga kaytishadi.
Fikrlar