28 avg 09:54
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo ITF. Sportchilarimizning jahon chempionatidagi ishtiroki boshlandi FOTOGALEREYA
Bolgariyaning Plovdiv shahrida taekvondo ITF bo'yicha yoshlar va kattalar o'rtasida XXI jahon chempionati start oldi.
Dunyoning 96 davlatidan 2640 nafar qatnashchi dayanga chiqayotgan yilning ushbu nufuzli musobaqasida O'zbekiston terma jamoasi sportchilari ham ishtirok etyapti.
O'zbekiston taekvondo ITF Milliy associaciyasi prezidenti Laziz Hasanov hamda federaciya vice-prezidenti Abdulhakim SHaubaev boshchiligidagi sportchilarimiz chempionatdagi ishtiroklarini muvaffaqiyatli boshlashdi. Jahon chempionatining ikkinchi kuni to'rt nafar taekvondochimiz uchta bahsda g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l olishdi. Bugun yana olti nafar vakilimiz bahslarga kirishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar