30 may 20:36
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo. Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng terma jamoamizda bosh murabbiy almashdi
Taekvondo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bobur Qo'ziev o'z lavozimini tark etdi.
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, uning o'rniga murabbiy Fahriddin Umarov terma jamoa ustoziga aylandi.
Malumot uchun, Fahriddin Umarov taekvondoning ham WTF, ham ITF yo'nalishlarida jahon chempioni bo'lgan Dmitriy SHokinning murabbiyi hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, bir necha kun oldin Manchester shahrida taekvondo WTF bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tgan va unda Bobur Qo'ziev boshchiligidagi taekvondochilarimiz musobaqada umuman medal qo'lga kirita olishmagandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar