So’nggi yangiliklar

11:26Бетербиев ММАга ўтиш ҳақидаги саволга жавоб берди 0 11:05Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда 0 10:44Чендлер энди кимга қарши жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 10:23Шу ҳафта Хитойда ўтказиладиган UFC турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 10:01Собиқ чемпионлар Петр Ян ва Дейвисон Фигерейду ўзаро жанг олдидан юзма-юз келди (ФОТО) 0 09:39Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум 0 09:18Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи кун ғолиблари маълум 0 08:57Макаодаги UFC турнири иштирокчилари тарозига чиқди 0 08:36Иштирокчиларидан мухлислари машҳур бўлган Ўзбекистон чемпионати + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:15Расман! Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди + ФОТО 0 07:54Prezident Kubogi. Икки Нодирбек ғалаба билан бошлади. Қолган шахматчиларимизда қандай натижа? + ФОТО 0 07:33Қайта тайинланган вазир иштирокидаги йиғилишда устувор вазифалар белгилаб олинди 0 07:12Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг илк куни 4 та вазнда ғолиблар аниқланди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:10Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ-2 доирасидаги баҳсни бошқаради 0 18:47Доғистон - Ирландия! Хабиб ва Конор PFL'да ўзаро тўқнаш келишадими? 0

22 may 14:55
Yangiliklar

Taekvondo, Tokio-2020, Qiziqarli!

Taekvondo. JCH yakunlari, tahlil, Olimpiada licenziyasi uchun imkoniyatlar va boshqalar haqida

Xabaringiz bor, 15-19 may kunlari Angliyaning Manchester shahri taekvondo bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qildi.

Ushbu nufuzli musobaqada jahonning 150 dan ortiq mamlakatidan 1000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Bellashuvlarda o'zbekistonlik taekvondochilar ham sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishdi. 

Terma jamoamiz bellashuvlarda 12 nafar sportchi bilan ishtirok etdi:

Erkaklar:

-54 kg: Valentin Xegay

-58 kg: Suhrob Bobobekov

-74 kg: Nikita Rafalovich

-80 kg: SHuhrat Salaev

-87 kg: Maksim Rafalovich

+87 kg: Dmitriy SHokin


Ayollar:

-49 kg: Madinabonu Mannopova

-53 kg: CHaros Qayumova

-57 kg: Zariya Qosimova

-62 kg: Feruza Sodiqova

-67 kg: Nigora Tursunqulova

+73 kg: Svetlana Osipova.

Yaxshi bilasiz, 2018 yili Indoneziya mezbonlik qilgan Osiyo o'yinlarida o'zbekistonlik taekvondochilar muvaffaqiyatli ishtirok etib, 6 ta medal bilan bilan yurtimizga qaytishgandi - 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza. Yurtdoshlarimiz ichida Nikita Rafalovich oltin medalga ega chiqqan bo'lsa, Dmitriy SHokin, Niyoz Po'latov va Madinabonu Mannopova kumush medalga ega chiqqandilar. Nigora Tursunqulova va Svetlana Osipova terma jamoamiz hisobiga bronza medalini qo'shib qo'yishgandi. Osiyocha sport turida Osiyo mamlakatlariga qarshi bahslarda bunday ishtirokdan so'ng biz jahon chempionatida ham vakillarimizdan medallar shodasini kutgandik. Afsuski, yakunda bunday bo'lmadi. 


Tayyorgarlik

Terma jamoamiz uchun jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida bir qator yig'inlar tashkil etib berildi. Sportchilarimiz yanvar-may oyi davomida ko'plab o'quv-mashg'ulot yig'inlari olib borishdi. Jumladan, taekvondo vatani hisoblangan Janubiy Koreyada mashg'ulotlarda qatnashishdi, Turkiya va Erondagi xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdi. Bundan tashqari aprel oyida aynan Manchester shahridagi o'quv-mashg'ulot yig'inlari sportchilarimiz uchun tashkil etib berilgandi. Bundan tashqari, Humsonda ham taekvondochilarimiz yig'inlarda qatnashishdi. Afsuski, ushbu yig'inlar va xalqaro musobaqalar guvohi bo'lganimizdek o'z samarasini bergani yo'q. Ishongan sportchilarimizdan na Dmitriy SHokin, na Nikita Rafalovich musobaqada sovrindorlar qatoridan o'rin ola bilishdi. Bizga malum bo'lishicha, 2018 yilning dekabr oyida o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida bahslar 2 daqiqadan emas, 1 daqiqayu 30 soniyadan o'tkazilgan. Bo'limlar orasidagi tanaffus esa xalqaro normalarda bo'lgani kabi 1 daqiqa emas, 30 soniyani tashkil etgan. Bir qarashda bu unchalik ham muhim ko'rinmas, lekin mashhur iborani esdan chiqarmaslik kerak: "v sporte melochey ne byvaet"! Jahon chempionatida har bir soniya bir sportchi taqdirini hal qilib qo'yganiga bir necha bor guvoh bo'ldik.


Jahon chempionatida o'zbekistonlik sportchilar tomonidan qayd etilgan natijalar: 

Erkaklar: 

-54 kg: Valentin Xegay (1-davrada daniyalik raqibga yutqazdi)

-58 kg: Suhrob Bobobekov (1-davrada estoniyalik sportchini mag'lub etdi, 2-davrada irlandiyalik raqibga yutqazib qo'ydi)

-74 kg: Nikita Rafalovich (2-davradan bahslarga qo'shildi va Benin vakilini mag'lub etdi, 3-davrada iordaniyalik raqibga yutqazdi)

-80 kg: SHuhrat Salaev (1-davrada belgiyalik raqibga qo'shimcha vaqtlarda yutqazdi) 

-87 kg: Maksim Rafalovich (1-davrada Trinidad va Tobago vakilini mag'lub etdi, 2-davrada rossiyalik raqibga yutqazdi)

+87 kg: Dmitriy SHokin (2-davradan boshladi va greciyalik raqibini mag'lub etdi, 3-bosqichda qozog'istonlik sportchidan ustun keldi, chorak finalda meksikalik raqibga yutqazdi) 


Ayollar:

-49 kg: Madinabonu Mannopova (1-davrada indoneziyalik raqibasidan ustun keldi, 2-davrada qo'shimcha vaqtda eronlik taekvondochiga yutqazdi)

-53 kg: CHaros Qayumova (1-davrada portugaliyalik raqibini mag'lub etdi, 2-davrada kolumbiyalik sportchidan ustun keldi, 3-bosqichda latviyalik taekvondochiga yutqazdi)

-57 kg: Zariya Qosimova (1-davrada senegallik raqibasini mag'lub etdi, 2-davrada xorvatiyalik sportchiga imkoniyat boy berildi)

-62 kg: Feruza Sodiqova (1-davrada iordaniyalik raqibasidan ustun keldi, 2-bosqichda turkiyalik sportchiga yutqazdi)

-67 kg: Nigora Tursunqulova (2-davradan qo'shildi va belgiyalik raqibini mag'lub etdi, 3-bosqichda iordaniyalik raqibasiga yutqazdi)

+73 kg: Svetlana Osipova (1-davrada ispaniyalik raqibasini mag'lub etdi, 2-davrada britaniyalik sportchiga yutqazdi).


Avvalgi jahon chempionatida natijamiz qanday bo'lgandi?

So'nggi marotaba 2013 yilda Meksikaning Puebla shahrida tashkil etilgan jahon chempionatida medalsiz qolgandik. 2015 va 2017 yilgi dunyo birinchiligida medal bilan qaytganmiz. 

CHelyabinsk-2015: 1 ta oltin, 2 ta kumush.

Dmitriy SHokin - oltin

Nikita Rafalovich - kumush

Jasur Boyqo'ziev - kumush.


Muju-2017: 1 ta kumush, 1 ta bronza.

Nikita Rafalovich - kumush

Dinoraxon Mamadibragimova - bronza.

Ko'rib turganingizdek, so'nggi ikki jahon chempionatida taekvondochilarimiz jahon birinchiligidan medalsiz qaytishmagan. Bu safar esa vakillarimiz quruq qo'l bilan yurtimizga qaytishga majbur bo'lishdi. Sportchilarimiz faqatgina reyting ochkolari jamg'arish bilan kifoyalanishdi. 

Manchesterdagi jahon chempionati yakuniga ko'ra, umumjamoa hisobida Janubiy Koreya terma jamoasi birinchi o'rinni egalladi. Taekvondo vatani vakillari musobaqada 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ega chiqishdi. Ikkinchi o'rindan esa mezbonlar - Buyuk Britaniya terma jamoasi azolari joy olishdi - 3 ta oltin, 1 ta bronza. Kuchli uchlikka xitoylik taekvondochilar 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan yakun yasashdi. Manchesterdagi jahon chempionati davomida 18 ta mamlakat vakillari medal bilan uyga qaytishdi.


Olimpiada licenziyasi uchun imkoniyatlarimiz haqida

Yaxshi bilasiz, kelasi yili Tokio shahri navbatdagi Olimpiya o'yinlariga mezbonlik qiladi. 2016 yilgi Rio Olimpiadasida uch nafar taekvondochimiz ishtirok etgan (Dmitriy SHokin, Nikita Rafalovich va Nigora Tursunqulova). Xo'sh, bu safar kunchiqar yurtda bo'lib o'tadigan musobaqada licenziya olish uchun imkoniyatlarimiz qanday? Avvalo, Tokio Olimpiadasi uchun licenziya olish yo'llari haqida malumot berib o'tsam. 

Taekvondoda 2020 yilgi Olimpiya o'yinlarida har bir vazn toifasida 16 nafar sportchi ishtirok etadi. Bellashuvlar 8 ta vazn toifasida tashkil etiladi: erkaklar o'rtasida -58 kg, -68 kg, -80 kg, +80 kg, ayollar o'rtasida esa -49 kg, -57 kg, -67 kg, +67 kg. 


Vazn toifalarida 16 nafar ishtirokchi qanday aniqlanadi?

2019 yil 6-7 dekabr: Yakuniy Gran Pri turniri g'olibi (1)

2019 yil 9 dekabr: dekabr oyida elon qilinadigan reytingda kuchli beshlikka kira olgan taekvondochilar (5)

2020 yil: Evropa saralash turniri: (2)

2020 yil: Afrika saralash turniri: (2)

2020 yil: Okeaniya saralash turniri: (1)

2020 yil: Panamerika saralash turniri: (2)

2020 yil 10-12 aprel: Osiyo saralash turniri: (2) (Xitoyning Uxi shahrida o'tkaziladi)

2020 yil: Mezbon mamlakat yoki taklif asosida: (1)

Demak, o'zbekistonlik taekvondochi uchta yo'l orqali Olimpiadaga bora olishi mumkin. Buning uchun, dekabr oyida Moskva shahrida o'tkaziladigan Gran Pri, Olimpiya reytingida kuchli beshlikka kirish yoki Xitoy mezbonlik qiladigan Osiyo saralash licenzion turnirida kamida finalga chiqish. 

Ayni paytda, Olimpiya reytingida hamyurtlarimizdan faqatgina Nikita Rafalovich licenziya beruvchi - 4-o'rinni egallab turibdi (yangilangan reytingda u kuchli beshlikni tark etish ehtimoli bor).


Olimpiya reytingida TOP50 ga kirgan o'zbekictonlik taekvondochilarning o'rni (may oyi uchun):

Erkaklar:

-58 kg: Ulug'bek Rashitov (43-o'rin)

-68 kg: TOP50da XECH KIM YO'Q

-80 kg: Nikita Rafalovich (4-o'rin), Maksim Rafalovich (33-o'rin)

+80 kg: Dmitriy SHokin (10-o'rin), Jasur Boyqo'ziev (48-o'rin)


Ayollar:

-49 kg: Madinabonu Mannopova (46-o'rin)

-57 kg: TOP50da XECH KIM YO'Q

-67 kg: Nigora Tursunqulova (12-o'rin)

+67 kg: Svetlana Osipova (43-o'rin)


Demak, Nikita Rafalovichdan tashqari reyting orqali licenziya qo'lga kiritish imkoniyati taekvondochilarimizda juda kam, deyarli yo'q hisobi. Asosiy umid Moskva shahridagi Gran Pri va Uxi shahrida Osiyo mamlakatlari taekvondochilari uchun tashkil etiladigan saralash licenzion turniri. Malumot uchun, 2016 yilgi Rio Olimpiadasidagi 3 ta licenziyadan ikkitasi ana shunday Osiyo licenzion turnirida qo'lga kiritilgan. Filippinda o'tkazilgan musobaqada Nikita Rafalovich oltin, Nigora Tursunqulova kumush medalni qo'lga kiritib, Rio Olimpiadasi yo'llanmasiga ega chiqqandilar. Dmitriy SHokin esa +80 kg vazn toifasida Olimpiya reytingda birinchi o'rinni egallash orqali licenziya sohibiga aylangan. Qiziq jihati, o'sha yili mazkur reytingda boshqa bir taekvondochimiz Jasur Boyqo'ziev ikkinchi o'rinda qayd etilgandi. Ammo, Olimpiadada bir vazn toifasida bir mamlakatdan faqatgina bir nafar sportchi ishtirok etishi sababli, yakunda Dmitriy SHokin Braziliyadagi Olimpiadada qatnashib, yakunda beshinchi o'rin bilan kifoyalangandi. 

Olimpiada boshlanishiga 1 yildan ko'proq vaqt qoldi. Ko'rib turganingizdek, imkoniyatlarimiz u qadar katta emas. Agar bu borada tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmasa, Tokioda taekvondo bo'yicha nafaqat medallar, balki licenziya masalasi ham muammo bo'lib qolishi mumkin. 


Aziz To'xtamurodov

Reyting: -2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing