28 iyu 15:52
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo. Mamadibragimova jahon chempionati sovrindori!
Janubiy Koreyadagi taekvondo bo'yicha jahon chempionatida yana bir sportchimiz sovrindorlar qatoridan o'rin oldi.
Kecha -53 kg vazn toifasidagi taekvondochimiz Dinoraxon Mamadibragimova jahon chempionatining yarim finaliga chiqqani haqida xabar qilgandik.
Sportchimiz yarim finalda turkiyalik Zeliha Agrishga qarshi jang qildi. Afsuski, vakilimiz final yo'llanmasi uchun bo'lib o'tgan jangda 7:11 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
SHu tariqa, u Janubiy Koreyadagi jahon chempionatining bronza medali sohibiga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar