26 avg 15:57
Yangiliklar
Taekvondo. Medallarimiz soni to'rttaga etdi
Qizlar bellashuvida -47 kg vazn toifasida dayanga chiqqan Umidaxon Hasanova yarim finalda turkiyalik Isil Zaferga kichik hisobda (8-9) imkoniyatni boy berdi va shohsupaning 3-pog'onasidan joy egalladi.
O'g'il bolalar o'rtasida Qozog'iston, Xitoy Taypeyi, Marokash vakillarini mag'lub etgan hamyurtimiz, -33 kg vaznli Daniil Kim yarim final bosqichida ispaniyalik raqibi Arkonado Ayson to'sig'idan o'tolmadi va u ham bronza bilan kifoyalandi.
Yana bir vakilimiz -37 kg li Amirbek To'raev yarim finalgacha Marokash, Tunis, Meksika sportchilarini yirik hisobda mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Final yo'llanmasi uchun kurashda tailandlik Tauin Yaengkulchouga bir ochko (14-15) farqi bilan mag'lub bo'ldi - bronza.
Bugun Azizbek Rahmonberdiev (-45 kg), Madinabonu Abduqahhorova (-44 kg) hamda Sabinabonu Samadova (-59 kg) bellashuvlarda ishtirok etadi.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionatida sayyoramizning turli mintaqalaridan 426 nafar sportchi ishtirok etayotgan bo'lib, musobaqaning birinchi kuni Munisa Karimova (-29 kg) bronza medalini qo'lga kiritgan edi.
CHempionat ertaga o'z yakuniga etadi.
Fikrlar