27 may 17:32
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo. Nigora Tursunqulova Osiyo chempioni, Jasur Boyqo'zievda kumush
Vetnamning Xoshimin shahrida taekvondo WTF bo'yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.
Kecha bahslarda ishtirok etgan Nikita Rafalovich oltin, Niyoz Po'latov va Madina Mannopovalar bronza medallarini terma jamoamiz hisobiga qo'shib qo'yishgandi.
Bugun to'rt nafar sportchimiz sovrindorlar qatoridan o'rin oldi. Ayollar o'rtasida -67kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etgan Nigora Tursunqulova barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medal sohibasiga aylandi.
Erkaklar o'rtasida esa Jasur Boyqo'ziev (-87kg) kumush, Sardor Toirov (-63kg) va Maksim Rafalovich (-80kg)lar bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Osiyo chempionati ertaga yakuniga etadi. Musobaqaning so'nggi kunida hamyurtlarimizdan Dmitriy SHokin va Svetlana Osipova bahslarda ishtirok etadilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar