24 fev 07:20
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo. Osiyo licenzion musobaqasi Xitoydan Iordaniyaga ko'chirildi
10-11 aprel kunlari Osiyo qitasining Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi yakuniy licenzion musobaqasi Xitoyning Usi shahrida bo'lib o'tishi kerak edi.
Biroq ushbu mamlakatda tarqalgan virus sababli musobaqa boshqa shaharga ko'chirildi.
Mezbon bo'lish uchun Iordaniya va Eron davlatlari ariza berishdi. Elektron ovoz berishda Iordaniya ko'proq ovoz to'pladi. SHu tariqa Tokioda o'tadigan Olimpiada yo'llanmalari uchun Osiyo qitasi vakillari Amman shahrida jang qilishadi.
Unda o'zbekistonlik uch nafar taekvondochi 3ta yo'llanma uchun kurashadi.
Eslatib o'tamiz, o'zbekistonlik Nikita Rafalovich reyting ochkolar orqali Tokio-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lgan.
O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar