So’nggi yangiliklar

13:20"Уларга ҳакамнинг бағрикенглиги қўл келди". Моуринью ҳакамни танқид қилди 0 12:49Гандбол. Осиё чемпионатида кетма-кет иккинчи ғалабага эришдик! 0 12:18RAF 15 турнирининг барча натижалари: Царукян камарини ҳимоя қилди. Сехудочи? 0 11:47Арман Царукян иштирокидаги баҳс бир дақиқадан камроқ давом этди 0 11:16Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Алавес"га мағлуб бўлди 0 10:45Бокс. Бугун Жаҳон кубогида 7 нафар боксчимиз жанг қилади 0 09:34Нодирбек Абдусатторов ғалаба эвазига Лондон турнири пешқадамига айланди 0 08:03Фомин Hersonissos Challenger турнирида чемпион бўлди 0 07:32"Манчестер Юнайтед" ўз майдонида шармандали ҳисобда мағлуб бўлди 0 07:01Майкл Моралес: "Ислам Махачевдан ҳеч қандай таҳдид кўрмаяпман" 0 21:58Зокиров билан жанг қиладиган Мокаев: "UFC октагони ташқарисида ўн баробар кўпроқ пул ишлаяпман" 0 20:29Тошкентда шахмат бўйича "Ўзбекистон президенти кубоги" халқаро турнири старт олди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:51Суперлига. "Нефтчи" - Ўзбекистон чемпиони! 0 19:00Бокс. Тошкентда Жаҳон кубоги бошланди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 17:52Махачевнинг жамоаси Исламни UFC камаридан маҳрум қилиш талабига жавоб берди 0

15 dek 18:20
Yangiliklar

Taekvondo

Taekvondo. Terma jamoamizning 5 nafar vakili "Usi Katta dubulg'a" turniri final bosqichiga yo'l oldi

Teglar :  Taekvondo
Kecha Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasida yilning so'nggi va hal qiluvchi turniri - "Usi Katta dubulg'a" musobaqasi uchun saralash bahslari yakunlandi.

Kun davomida erkaklar -58 kg, -80 kg vazn toifalarida, ayollar esa -57 hamda +67 kg vazn toifalarida bahs olib bordi.

Kechagi kun terma jamoamiz uchun -80 kg vazn toifasida omadli o'tdi, deyish mumkin. Unda ishtirok etgan uch nafar sportchimizdan ikki nafari sovrinli o'rinlardan joy oldi:

Oltin. Jasurbek Jaysunov (O'zbekiston)

Kumush. Maksim Xromsov (Xalqaro neytral sportchi)

Bronza. SHuhrat Salaev (O'zbekiston)

Musobaqa doirasida -57 kg vazn toifasida terma jamoamiz sharafini himoya qilgan CHaros Qayumova hamda Madina Mirabzalova o'z ishtirokini nimchorak finalda yakunladi. Erkaklar o'rtasida -58 kg vazn toifasidagi vakillarimiz Amirbek To'raev 1/16 final jangida g'alaba qozonganiga qaramay, nimchorak finalda raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Omonjon Otajonov ham afsuski, chorak final yo'lida xitoylik raqibiga mag'lub bo'ldi.

SHunday qilib, turnirning final bosqichiga yo'llanma olgan taekvondochilarimiz soni 5 taga etdi. Bular: Jasurbek Jaysunov, SHuhrat Salaev, Nikita Rafalovich, Ozoda Sobirjonova hamda Feruza Sodiqova.

Ertaga turnirning hal qiluvchi, final bosqichi start oladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing