So’nggi yangiliklar

19:52Super Rapid & Blitz Poland 2026. Синдаров турнирни нечанчи ўринда якунлади ва қанча мукофот пули ишлаб олди? 0 19:31Хамзат Чимаевни мағлубиятдан сўнг дарҳол жангга чорлашди 0 19:10Ўзбекистон ва Россия дзюдо федерациялари стратегик ҳамкорликни кенгайтирмоқда 0 18:4937 ёшли Мхитарян ёзда фаолиятини якунлаши мумкин 0 18:28Паркентда кураш ва белбоғли кураш бўйича анъанавий турнир ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:07Илҳом Назимовнинг "Киллер"га қарши илк RIZIN чемпионлик жангида нокаут қайд этилди 0 17:46Мария Тимофеева Istanbul Open чемпиони! 0 17:25Мбаппе ва Вальверде "Реал"нинг Класико учун қайдномасида йўқ! 0 17:04Спорт гимнастикачиларимиз Жаҳон челленж кубогида 3 та медалга сазовор бўлишди 0 16:43Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли жангида даҳшатли камбэк қайд этилди 0 16:22Дана Уайт тасдиқлади! Хамзат Чимаев Богдан Гусковнинг дивизионига ўтади 0 16:01"Манчестер Юнайтед" "Милан" ҳимоячисини сотиб олиши мумкин 0 15:40"Чироғингни ўчириб қўяман". Чемпион Стриклендга "вызов"лар бошланди 0 15:19Артур Гулиев Жаҳон кубогида кумуш медални қўлга киритди 0 14:58Музаффарбек Тўрабоев бош соврин — автомобил соҳиби! (ФОТОРЕПОРТАЖ) 0

11 apr 13:20
Yangiliklar

Taekvondo

Taekvondo (WTF). Jahon chempionatida yana bir medal!

Teglar :  Taekvondo
Tunisning Hammamed shahrida taekvondo (WTF) bo'yicha o'smirlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Musobaqaning ikkinchi kunida o'g'il bolalar o'rtasida -51 va -55kg, qizlar o'rtasida esa -46 va -49 kg vazn toifalarida janglar o'tkazildi.

Jahon chempionatida -51 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Ulug'bek Rashidov sovrindorlar qatoridan o'rin olishga muvaffaq bo'ldi. U dastlabki bosqichlarda braziliyalik Gabriel Alves (25:5), malayziyalik Imon Firdavs Nasriddin (25:7), nimchorak finalda greciyalik Dikaios Michalakakos (25:13), chorak finalda esa rossiyalik Anatoliy Iarinni (18:8) mag'lub etdi va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Final yo'llanmasi uchun bo'lgan kurashda Ulug'bek eronlik Amir Valipurga 11:17 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va bronza medali bilan chegaralandi. Eronlik sportchi finalda ozarbayjonlik Xono'g'lon Karimovdan ustun kelib, oltin medal sohibiga aylanligini qo'shimcha qilib o'tishimiz joiz.


Eslatib o'tamiz, chempionatning birinchi kuni -45 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan sportchimiz Amirbek To'raev shohsupaning ikkinchi pog'onasidan o'rin olgandi.

Jahon chempionati 13 aprel kuni yakuniga etadi.

Malumot uchun, Ulug'bek Rashidov yaqindagina Xammamedda bo'lib o'tgan licenzion turnirda oltin medalga sazovor bo'lib, III o'smirlar Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritgandi. U murabbiy Sobir Nazaralievning shogirdi hisoblanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing