10 apr 11:11
Yangiliklar
Taekvondo (WTF). Jahon chempionatini kumush medal bilan boshladik
Kecha bo'lib o'tgan bahslarda hamyurtimiz Amir To'raev finalgacha etib borib, kumush medalni qo'lga kiritdi.
-45kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Amir To'raev musobaqada avvaliga Ukrainalik raqibini, keyin vazn toifasida birinchi raqam ostida saralangan mezbon sportchini mag'lubiyatga uchratdi. CHorak finalda Bolgariya, yarim finalda hindistonlik raqibdan ustun keldi. Hal qiluvchi final bellashuvida esa eronlik sportchiga imkoniyatni boy berib qo'ydi va musobaqaning kumush medali sohibiga aylandi.
Bugun jahon chempionati dasturidan o'rin olgan janglarda to'rt nafar sportchimiz ishtirok etadi. O'g'il bolalar o'rtasida SHahzod Jo'raev va Ulug'bek Rashidov, qizlar o'rtasidagi bellashuvlarda esa Madina Mannopova va Aziza SHamsievalar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar.
Fikrlar