21 iyu 17:45
Yangiliklar
Taekvondo WTF. Korea Openda yana bir oltin!
Unda o'zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. Quvonarlisi, bugungi bahslarda ham sportchilarimizdan biri oltin medal qo'lga kiritdi.
O'smirlar o'rtasidagi bellashuvlarda -63kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Jasur Jaysunov musobaqa davomida Gonkong (34:0), Indoneziya (20:6), Janubiy Koreya (54:8) va Tailand (27:10) terma jamoalari sportchilarini mag'lub etdi va oltin medal sohibiga aylandi.
Malumot uchun, bungacha yurtdoshlarimizdan Dinoraxon Mamadibragimova (bronza), Amirbek To'raev (bronza), Madina Mannopova (bronza), Jahongir Xudoyberdiev (kumush) va Ulug'bek Rashitov (oltin) terma jamoamiz hisobiga medal qo'shib qo'ygan edilar.
Bellashuvlar 24 iyulga qadar davom etadi.
Fikrlar