23 iyu 07:59
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo. Yoshlarimiz Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli yurishni davom ettirishmoqda
Iordaniyaning Amman shahrida taekvondo bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirgan.
Musobaqaning dastlabki kungi bahslarida hamyurtlarimiz bitta oltin va bitta bronza medaliga sazovor bo'lishgandi. Ikkinchi kun bahslarida esa sportchilarimiz medallar shodasiga ega chiqishdi.
-55 kg vazn toifasidagi Ulug'bek Rashitov barcha raqiblarini mag'lub etgan holda oltin medalga ega chiqdi. -48 kg vaznli Azizjon O'ktamov esa kumush medal sohibiga aylandi. -63 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Abdulaziz Hamidullaev esa bronza medalini qo'lga kiritdi. SHuningdek, qizlar o'rtasidagi bellashuvlarda Feruda Sadikova (-63 kg) va Ozoda Sobirjonova (-55 kg) bronza medali bilan taqdirlanishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar