08 avg 16:26
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondochi Muhammadamin Aliev: JCH sovrindori bo'lganimdan juda xursandman
Yosh taekvondochimiz Muhammadamin Aliev kadetlar o'rtasidagi jahon chempionatida bronza medali sohibiga aylandi.
Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng Muhammadamin o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Taekvondo bilan 4 yoshimdan buyon shug'ullanaman. Sportning ushbu turiga ota-onam tug'ilgan kunim munosabati bilan olib borishgan. Mashg'ulotlardan so'ng taekvondoga qiziqishim yanada ortgan.
Bungacha shu yil fevral oyida "Fujayra Open" xalqaro turnirida ishtirok etib, oltin medalni qo'lga kiritgandim. Bugun jahon chempionatida sovrindor bo'lganimdan judayam xursandman. Oltin medal qo'lga kirita olmaganim uchun uzr so'rayman", - dedi Muhammadamin Aliev.
Jahongir Fayzullaev yozib oldi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar