21 iyu 20:00
        Yangiliklar	
	
				
				    Taekvondo			    
				 
				
			 
				Taekvondochi Najmiddin Qosimxojiev delegaciyamiz hisobiga navbatdagi Universiada medalini keltirdi
Essen shahri mezbonligidagi Butunjahon yozgi Universiada o'yinlari taekvondochilarimiz uchun omadli davom etmoqda.
			Terma jamoamizning 74 kg vazn toifasidagi talaba taekvondochisi Najmiddin Qosimxojiev nufuzli kompleks turnirning bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Hamyurtimiz yarim final bosqichida braziliyalik raqibi Vinisius Assisga imkoniyatni boy berganiga qaramay, O'zbekiston delegaciyasiga navbatdagi medalni taqdim etdi.
Qosimxojievning ushbu natijasi orqali O'zbekiston taekvondo termasining musobaqa doirasidagi medallari soni 3 taga etdi. Avvalroq, Madina Mirabzalova hamda SHamsiddin Qurbonov ham uchinchi natijani qayd etgandi.
Malumot uchun, 20 yashar Najmiddin CHengdu-2021 Universiadasida ham bronza medalini qo'lga kiritgan.

            Havola            :         
                    Manba                : t.me/uzbtaekwondowt
             
			
Fikrlar