27 okt 16:47
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondochi Svetlana Osipova Jahon chempionati sovrindoriga aylandi!
Taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi Svetlana Osipova (+73 kg) Xitoyning Usi shahrida davom etayotgan taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatida kumush medalga ega chiqdi.
Hamyurtimiz final bahsida Turkiya vakilasi Nafiya Kus Aydin bilan to'qnash keldi. SHiddatli ruhda kechgan bahsda Osipova imkoniyatni boy berib qo'ygan bo'lsa-da, jamoamiz hisobiga navbatdagi qimmatli medalni taqdim etdi.
Bu orqali Svetlana o'z faoliyatida uchinchi marotaba Jahon chempionati g'olib-sovrindoriga aylandi. Terma jamoamizning Usi-2025 Jahon chempionatidagi medallari soni esa 2 taga etdi: 1 ta kumush va 1 ta bronza.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar