So’nggi yangiliklar

19:23Белбоғли курашни янада ривожлантириш йўлида меморандум имзоланди 0 19:02"Барселона" ва "Ливерпуль" бир ўйинчи учун курашади 0 18:41UFC 310 турнирининг тўлиқ карди маълум қилинди 0 18:20Макс Ферстаппен — Формула-1 2024 йилги мавсум чемпиони! 0 17:59Аёллар курашида барча вазнларда ғолиблар маълум бўлди + ФОТО 0 17:38Холанд 850 минг сўм сабаб қамоққа тушиши мумкин 0 17:17Ўзбекистон чемпионатида медаллар жамғариш бўйича қайси вилоят биринчи бўлди? 0 16:56Расман! UFC 311 турнири учун қизиқарли жанг эълон қилинди 0 16:35Мераб Двалишвили Петр Ян билан қачон жанг қилмоқчи эканини айтди 0 16:14Аморим: "Мен ўзини босслардек кўрсатишни хоҳлайдиганлардан эмасман" 0 15:53Чавандозларимизнинг навбатдаги ғалабаси 0 15:32Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг барча ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:11"Ундан қўрқдим!". Тайсон Фьюри нима учун стердаун вақтида Усикка қарамагани ҳақида гапирди 0 14:50"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирини нишонга олди 0 14:29Prezident Kubogi. Нодирбек ҳиндистонлик рақибга қарши, Синдаров эса дербидаги ўйинини бошлади 0

06 iyu 09:05
Yangiliklar

Taekvondo

Taekvondochilar orasida Olimpiadaning eng yosh ishtirokchisi

Olimpiada – nurli va purviqor cho'qqi... Albatta, bu sportchi nigohi bilan qaralganda.

Ammo uni zabt etish, bu yuksaklikka ko'tarilish mumkin. Faqat ixtiyor va istak bo'lsa, bas. Bugun Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tadigan XXXI yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan sportchilarimiz soni 60 nafarga yaqinlashib qoldi. Ular orasida takevondo WTF ustalari ham bor. “Ular Olimpiada boradilar”, ruknining bu galgi qahramoni terma jamoa azosi Nigora Tursunqulova bo'ladi.

Nigora Tursunqulov – 1999 yil 4 aprel kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Yosh bo'lishiga qaramasdan asosiy terma jamoa tarkibida o'z o'rnini mustahkam egallab oldi va o'zidan ancha kattalar bilan cho'chimay bahs olib bormoqda. Yoshligidan taekvondoga mehr qo'ygan qiz olti yil muqaddam poytaxtimizning Yashnobod tumanida Dmitriy Xvan qo'li ostida taekvondo sirlarini o'rgana boshladim. Zalga kirib kelishi bilanoq intilishidagi qatiyat bilanmi yoki harakatidagi epchillikdanmi, birpasda ustozi etiboriga tushdi.

– Nigora ilk marotaba mashg'ulotga kelgan kunni yaxshi eslayman, – deydi murabbiyi Dmitriy Xvan O'zAga bergan intervyusida. – O'shanda u mashqlarni to'g'ri bajarishga harakat qilayotgani, mazkur sport turiga bo'lgan qiziqishi va ko'zlaridagi ishtiyoqini ko'rib, kelgusida istedodli sportchi bo'lib etishishiga ishongan edim.

Ko'p o'tmay, musobaqalarda qatnashishni boshladi. U 2010 yili taekvondo WTF bo'yicha Toshkent shahar chempionatida birinchilikni egalladi. 2011-2012 yillarda O'zbekiston chempioni bo'ldi va shu yili mamlakatimiz o'smirlar terma jamoasi safiga qabul qilindi.

Terma jamoa murabbiyi Abduvohid Rahimovdan sport sirlarini qunt bilan egallagan Nigora 2013 yili Germaniyada o'smirlar o'rtasida bo'lib o'tgan xalqaro musobaqada sovrinli o'rinni qo'lga kirita olmagan bo'lsa-da, ruhan sinmadi, o'z ustidan tinimsiz ishladi. 2013 yilning iyunida o'tgan “Korea Open” xalqaro turniri uni sportchi sifatida kashf etdi. 55 kg vaznda finalgacha bo'lgan yo'lni muvaffaqiyat bilan bosib o'tib, oltin medalni qo'lga kiritdi. O'sha yilning sentyabrida esa “Russia Open” musobaqasida natijani takrorladi – 1-o'rin.

Yutuqlari tasodif emasligini Nigora bir necha musobaqalarda qayta-qayta isbotladi. CHelyabinsk shahrida o'tkazilgan xalqaro turnirda 55 kilogrammgacha vazn toifasida yarim finalda rossiyalik Kristina Molutinani yirik 6:0, finalda esa qozog'istonlik Aruzxan Abduqodirni 15:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, oltin medal bilan taqdirlandi.

2014 yil o'z tengdoshlari o'rtasida dunyo birinchiligida qatnashgan qahramonimizga turnir tajriba maydoni bo'ldi. Xitoy Taypeyida o'tkazilgan ushbu chempionatda garchi imkoniyatni boy bergan bo'lsa-da, 59 kg vaznda Kanada va rossiyalik sportchini mag'lub etib, chorak finalgacha etib bordi. Bu ko'rsatkich uning kuchli beshlikdan joy olishini taminladi. SHundan keyin ko'p o'tmay 63 kg da musobaqalarda qatnasha boshlagan qahramonimiz 2014 yilning iyul oyida yana bir bor “Korea Open” Gran-Prisida qatnashdi va 3-o'rindan joy egalladi.

Unga terma jamoaning umidli sportchilaridan, deb qaray boshlashdi. Bu albatta masuliyat yuklaydi. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi, jahon chempionati sovrindori Jasur Boyqo'ziev kabi sportchilarga o'xshashga, uning natijalarini takrorlashga intiladi. SHu boisdan o'tgan mavsumlarda ham imkon darajasida peshqadamlar safidan joy olishga harakat qildi. 2015 yilning fevralida o'tkazilgan “Turkish Open” musobaqasida 68 kg dan og'ir vaznda dayanga chiqishni boshladi. Turnirda mezbonlardan tashqari, sloveniyalik raqiblarini bosh egib chiqib ketishga majbur qildi. Musobaqada 1-o'rinni egallaganidan so'ng Qatarda o'tgan turnirda terma jamoadagi ustozi Abduvohid Rahimov, associaciya mutaxassislari ishonchi va mehrini qozona oldi. O'z vazn toifasida qatarlik Alo Abdulmoizni, livanlik Vard Salmonni hamda qatarlik Niam Konollini mag'lubiyatga uchratib shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.

Aprel oyida Xitoy Taypeyi poytaxti Taybe shahrida o'smirlar o'rtasida o'tgan VIII Osiyo chempionatida ham barcha sportchilarimiz singari Nigora ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. U 68 kg vazn toifasida finalgacha etib boroldi. Mezbonlar vakili YU-Ting SHenga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalandi. Oktyabr oyida Qozog'iston ochiq chempionatida yoshlar o'rtasidagi musobaqalarda CHaros Qayumova, Zuhra Ochilova, Vlada Pan kabi jamoadoshlari qatorida Nigora ham o'z vazn toifasida oltin medalni qo'lga kiritdi.

Yil davomida yoshlar o'rtasida bir qator musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashgan Nigora noyabr oyida o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida kattalar o'rtasida ilk bor musobaqada ishtirok etdi. SHu paytgacha ushbu vaznda etakchilik qilib kelayotgan Toshkent viloyati vakilasi, Nankinda (Xitoy) o'tkazilgan II o'smirlar Olimpiadasi kumush medali sovrindori, Osiyo chempioni Umida Abdullaeva hamda yoshlar terma jamoasidagi faoliyatini tugatib, ilk bor kattalar musobaqasida qatnashishni boshlagan Nigora Tursunqulova o'rtasida kechgan final uchrashuvi barchaning diqqat markazida bo'ldi. Birinchi va ikkinchi raundni durang bilan yakunlagan ikkala sportchi bahsi hal qiluvchi – 3-raundda murosasiz ko'rinish oldi. Nigora ketma-ket zarbalar yo'llagan holda mutloq ustunlikka ega bo'ldi – 11:1. Nigora Tursunqulova o'z debyutini oltin medal bilan nishonladi. Endi u -67 kg vaznda turnirlarda qatnashishni boshlaydi.

Fevral oyida Turkiyaning Antaliya shahrida mavsumning ilk nufuzli turniri – G1 turkumiga kiruvchi 3-Turkish Open-2016 musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda Nigora yarim finalgacha muvaffaqiyatli etib bordi va finalga o'tish turnirida germaniyalik Vanessa Kordnilga imkoniyatni boy berdi va bronza bilan cheklandi.

12-13 mart kunlari Gollandiyaning Eyndxoven shahrida kadetlar, yoshlar va kattalar o'rtasida o'tgan G1 turkumiga kiruvchi mavsumning yirik turnirda mahoratini sinovdan o'tkazdi.

Ha, endi Nigoradagi masuliyat yana ham ortgan edi. Kattalar musobaqalarida ob-havo boshqacha, endi senga katta tajribaga ega sportchilar ham ro'baro' kelib qolishi mumkin, bunga har doim tayyor turish kerak. Qiz esa Rio-2016 yo'llanmasiga egalik qilib, hali porloq natijalari oldinda ekanini namoyon etdi.

16-20 aprel kunlari Filippin poytaxti Manilada Olimpiada o'yinlariga licenziya beruvchi Osiyo saralash musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda -80 kg vaznda Nikita Rafalovich va Nigora Tursunqulova vazifani alo darajada uddaladi. Etiborlisi, Nigora shu paytgacha Olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritgan qizlar orasida eng yoshi, deb topildi. Endigina 17 yoshni qarshilagan bu qiz Butunjahon taekvondo federaciyasi tarixiga kirishini xayoliga ham keltirmagan edi.

U birinchi davrada gongkonlik Huk Ming CHanga hech qanday imkoniyat qoldirmadiva uni 7:0 hisobida mag'lub etdi. Yarim finalda iordaniyalik Juliana Al-Sodiqni ham qiyinchiliksiz yutdi – 2:0. Finalga yo'llanma olganidan so'ng qozog'istonlik sportchi bilan jang o'tkazishiga to'g'ri keldi. U ancha tajribali sportchi ekan. Hal qiluvchi uchrashuv qiyin kechdi. Qo'shimcha vaqtda o'z hisobiga ochko yozgan Kansey Deniz turnir oltin medaliga sazovor bo'ldi. Ikkalasi ham Braziliyada o'tadigan Olimpiada o'yinlarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

Bundan tashqari, Manilada Osiyo chempionati bahslari ham bo'lib o'tdi. Unda turnirning 3-raqamli sportchisi, makaolik King Liuga ro'baro' kelib qoldi. Raqibasini ishonch­li mag'lub etdi. Ammo final yo'llanmasi uchun kurashda vetnamlik Ti Ngui Haga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bronza medali bilan chegaralandi.

Ayni paytda O'zbekiston terma jamoasi azolari Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanidagi “Xumson” sport-sog'lomlashtirish bazasida galdagi musobaqalarga tayyorgarlik ko'rmoqda. Yosh qizning orzulari ulkan. To'rt yillikning nufuzli turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etish...

Ko'zlarida o't chaqnagan, fikrlari dadil bu qiz maqsadiga qanchalik erishadi, buni vaqt ko'rsatadi. Illo, ko'zlangan marra aniq.Faqat unga etish qoldi, xolos.


Fazliddin SATTOROV 

“News Arena” gazetasining #17-sonidan (2016 yil) olindi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing