11 iyu 05:55
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondochilarimiz 30ta medal bilan qaytishdi
Taekvondoning ITF yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston yoshlar va o'smirlar terma jamoasi Qozog'istonda o'tkazilgan xalkaro turnirdan qaytib keldi va navbatdagi musobaqalarga tayyorgarlikni boshladi.
Ushbu xalqaro musobaqa terma jamoamiz azolari uchun omadli keldi.
Dayan
ustalarimiz 22ta oltin, 4ta kumush, shuncha bronza, jami 30ta medalni
qo'lga kiritishdi. Bu esa Laziz Hasanov boshchiligidagi taekvondochilarimizga
17 davlat sportchilari orasida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni taqdim
etdi.
Xalkaro turnirda 600ga yaqin sportchilar ishtirok etgani etiborga molik holat. Terma jamoamizning mahoratli sportchisi Zarguna Axrorqulova 2ta oltin medalga sazovor bo'ldi.
SHuningdek, Umidjon G'aniev, Elnur Usmonov, Sardor Yusupov, Muhammadjon Umarov kabi sportchilarimiz ham shohsupaga ko'tarilishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar