06 okt 10:56
Yangiliklar
Taekvondo

Taekvondochilarimiz "Albania Open" turnirida 15 ta medal qo'lga kiritishdi, shundan 10 tasi oltin!
Albaniya poytaxti Tirana shahrida tashkil etilgan G1 toifasidagi musobaqada Pavel Xan boshchiligidagi milliy terma jamoamiz ham katta tarkibda ishtirok etdi.
Ahamiyatlisi, sportchilarimiz turnirda 10 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza, jami 15 ta medalga ega chiqishib, Jahon chempionati oldidan kayfiyatni ko'tarinki ruhga olib chiqishdi.
"Albania Open" g'olib va sovrindorlari:
Oltin:
Jahongir Xudoyberdiev (54 kg)
Diyorbek To'xliboev (68 kg)
Najmiddin Qosimxojiev (74 kg)
Jasurbek Jaysunov (80 kg)
SHuhrat Salaev (87 kg)
Marat Mavlonov (+87 kg)
Laylo Xasanova (49 kg)
Madina Mirabzalova (57 kg)
Ozoda Sobirjonova (67 kg)
Svetlana Osipova (+73 kg).
Kumush:
Nazarali Nazarov (63 kg).
Bronza:
Omonjon Otajonov (58 kg)
SHamsiddin Qurbonov (63 kg)
Islom Rajabov (74 kg)
Sevinch Hayitova (62 kg).
Havola :
Manba : t.me/uzbtaekwondowt
Fikrlar