27 iyu 16:38
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondochilarimiz Iordaniyada 4 ta medalga sazovor bo'lishdi
25-27 iyul kunlari Iordaniya poytaxti Amman shahrida taekvondo WTF bo'yicha "El Xassa" kubogi bo'lib o'tdi.
Musobaqada jahonning 45 mamlakatidan 100 nafardan ziyod taekvondochi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bordi. Ular orasida o'zbekistonlik sportchilar ham bahslarda qatnashishdi.
Turnir yakunlariga ko'ra, to'rt nafar hamyurtimiz sovrindorlar qatoridan o'rin oldi:
Erkaklar:
+87 kg: SHohrux Rajabov (bronza)
-80 kg: Nikita Rafalovich (bronza)
Ayollar:
-67 kg: Nigora Tursunqulova (kumush)
+73 kg: Svetlana Osipova (kumush).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar