05 iyu 16:16
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondochilarimiz Italiyadagi Gran-Priga jo'nab ketishdi
7-9 iyun kunlari Italiyaning Rim shahri taekvondo bo'yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi navbatdagi musobaqaga mezbonlik qiladi.
Tokio Olimpiadasiga licenzion ochko beruvchi mazkur musobaqada hamyurtlarimizning ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Terma jamoamiz vakillari bugun Apennin yarim oroliga yo'l olishdi. Rim Gran-prisida 5 nafar taekvondochimiz oltin medal va Manchesterdagi omadsizlik tasodif ekanini isbotlash uchun jang qilishadi. Jamoamiz tarkibi quydagicha:
-58 kg: Ulug'bek Rashitov
-80 kg: Nikita Rafalovich
-80 kg: Maksim Rafalovich
-67 kg: Nigora Tursunqulova
+67 kg: Svetlana Osipova
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar