24 iyu 18:10
Yangiliklar
Taekvondochilarimiz "Korea Open"da 22ta medal qo'lga kiritishdi
Unda O'zbekistondan 30 nafar sportchi ishtirok etayotganligi haqida xabar bergandik. Bugun ushbu reyting musobaqasi nihoyasiga etdi. Qayd etib o'tish lozimki, turli yosh toifasida o'tkazilgan bahslar sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Unga ko'ra, o'zbekistonlik taekvondochilar musobaqa davomida 22ta medal (10ta oltin, 6ta kumush va 6ta bronza)ga egalik qilishdi.
Sovrindor sportchilarimiz ro'yxati esa quyidagicha ko'rinish oldi:
Oltin:
Nurlan Boydxo'jaev
Zafarbek Karimov
SHahzod Jo'raev
Ulug'bek Rashitov
Jasurbek Jaysunov
Najmiddin Qosimhojiev
Fariz Mahmudi
Gulhumor Sodiqova
Mohinabonu Ahadova
Saidmurodxo'ja Toxirxo'jaev
Kumush:
Amir Boturov
Aziz Arziev
Islom Rajabov
Jahongir Xudoyberganov
Muhammadroshad Akramov
Oyatullox Akramov
Bronza:
Dinora Mamadibragimova
Amir To'raev
Abdulaziz Hamidullaev
Ibrohim Nigmanov
Muhammadalixon Muxtorxonov
Madinabonu Mannopova
Sportchilarimiz ertaga, 25 iyul kuni Seuldan Toshkentga qaytib keladilar.
Fikrlar